Iniciar sesión:
Votos - 0, Puntuación media: 0 ( )

Manual de usuario LG, modelo VK89301HQ

Fabricar: LG
Tamaño del archivo: 326.9 kb
Nombre del archivo:
Idioma del manual:truz
Enlace gratuito para este manual disponible en la parte inferior de la página



Resumen del manual


LG CHANGYUTGICHIDAN FOYDALANISH BO'YICHA QISQACHA YO'RIQNOMA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR
Changyutgichdan foydalanishdan avval uning yonib ketishi, elektr toki zarbi, shikastlanish va mol-mulkka zarar yetishi xavfining
oldini olish uchun barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing va ularga amal qiling. Ushbu qo’llanma foydalanish vaqtida sodir bo’lishi
mumkin bo’lgan barcha holatlarni qamrab ololmaydi. Sizga tushunarsiz bo’lgan savollar bo’yicha doimo xizmat ko’rsatish vakiliga
yoki ishlab chiqaruvchiga murojaat qiling.
Ushbu qurilma quyidagi farmoyish talablariga javob beradi: 2006/95/EC; past kuchlanish va 2004/108/EC; elektromagnit moslik
haqidagi farmoyish.
DIQQAT!
Ushbu qurilma jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan shaxslar va shu bilan birga bolalarning yoki yetarlicha tajriba
1.
va
bilimga ega bo’lmagan shaxslarning (bunday shaxslarning qurilmadan foydalanishda xavfsizlik uchun javobgar shaxsning
nazorat qilishi yoki ularga ushbu qurilmadan foydalanish qoidalarini o’rgatish hollari bundan holi) foydalanishi uchun
mo’ljallanmagan.
Yosh bolalarni nazorat qiling va ushbu qurilma bilan o’ynashla
2.
riga yo’l qo’ymang.
Tarmoq shnuri ishdan chiqqan hollarda mavjud xavfning oldini ol
3.
ish maqsadida shnur LG Elektroniks kompaniyasi xizmat
ko’rsatish vakili tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ushbu qurilmadan mavjud xavfni tushungan holda 8 yoki undan katta yoshdagi bolalar, jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati
4. cheklangan yoki yetarlicha tajriba va bilimga ega bo’lmagan shaxslar faqatgina nazorat ostida bo’lganlarida yoki qurilmadan
xavfsiz tarzda foydalanish qoidalarini tushungan hollardagina foydalanishlari mumkin. Ushbu qurilma bilan o’ynash yosh bolalar
uchun man etilgan. Kattalar nazoratisiz ushbu qurilmadan foydalanish yoki tozalash taqiqlangan.
EHTIYOT BO’LING!
• Boshqaruv yoqish/o’chirish tugmasi OFFga qilib sozlanmagan bo’lsa, changyutgichni tarmoqqa ulamang.
• Changyutgichga yosh bolalarni bir o’zlarini yaqinlashtirmang. Shikastlanishning oldini olish uchun elektr shnurini to’siqlarni
chetlab o’tgan holda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilib o’rang.
• Changyutgichga qarash va uni tozalashdan oldin elektr tarmog’iga ulash shnuri vilkasini rozetkadan chiqaring. Shuningdek,
undan foydalanmasangiz, qurilmani tarmoqdan uzing.
• Tamaki yoki yuqori haroratli tamaki qoldig’i/kuli kabi yonayotgan yoki tutayotgan buyumlarni yig’ish uchun changyutgichdan
foydalanmang.
• Suyuq yoki gaz holatidagi yoqilg’i, benzol, erituvchilar, propan kabi yonuvchi yoki portlovchi moddalarni yi’g’ish uchun
changyutgichdan foydalanmang.
• Nam qo’llar bilan shnur vilkasiga va changyutgichning o’ziga tegib ketmang.
• Vilkani rozetkadan sug’urish uchun shnurdan tortmang.
• Ehtiyotkorlik choralariga amal qiling. Sochlar, bo’sh turadigan kiyim, barmoqlar va boshqa tana a’zolari qurilmaning
harakatlanuvchi qismlari orasiga yoki tirqishlari orasiga kirib ketishiga yo’l qo’ymang.
• Changyutgichni olib o’tish uchun changyutgich shnuridan tortmang. Eshik yopilganida elektr shnurining qisilib qolishiga, o’tkir
qirralar yoki burchaklarga tegib ketishiga yo’l qo’ymang. Pol ustidagi shnur ustida changyutgichni harakatlantirmang. Elektr
shnurini yuqori haroratli yuzalardan uzoqroqda saqlang.
• Shlangda elektr simlari mavjud. Simlarda teshilgan yoki kesilgan joylar aniqlanganda, ulardan foydalanishni to’xtating.
• Changyutgich o’yinchoq emasligini doimo yodda tuting. Yosh bolalar yonida foydalanishda ehtiyotkorlik choralarini ko’ring; agar
ular qurilmadan foydalansalar, ularni diqqat bilan kuzating va nazorat qiling.
• Quvvat manbaiga ulanadigan shnur yoki vilka buzilgan yoki nosoz hollarda shnurni changyutgichdan foydalanmang.
• Changyutgichga suv kirib ketgan hollarda undan foydalanmang.
• Qandaydir qismlar yo’qligi aniqlansa yoki ular nosoz holda bo’lsa, changyutgichdan foydalanishni to’xtating.
• Ushbu changyutgichdan foydalanishda uzaytirma shnurni ishlatmang.
• Tarmoqdagi kuchlanish changyutgich doimiy kuchlanishiga mos kelishi kerak.
• Rozetkadan vilkani sug’urishdan avval barcha boshqaruv tarkibiy qismlarini o’chiring.
• Vilkani o’zgartirish qat’iyan man etiladi.
• Elektr qurilmalari ta’miri malakali texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash muhandislari tomonidan amalga oshirilishi lozim.
• Changyutgich tirqishlariga hech qanday buyumlarni joylashtirmang.
• Tirqishlarning to’silib qolishiga yo’l qo’ymang: havo oqimini kamaytirishga olib keluvchi chang, tuk va soch kabilardan muntazam
ravishda tozalab boring.
• Changto’plagich va/yoki filtrsiz changyutgichdan foydalanmang.
• Gilam qoplangan yuzalarni tozalashda qo’llaniladigan vositalar yoki xushbo’y hid taratuvchilar, tozalovchi kukun va mayda
changlarni changyutgichda tozalagandan so’ng, albatta, changto’plagichni bo’shating.
• Mayda o’yinchoq, tugmacha mix, kanselyariya qisqichlari kabi o’tkir va qattiq buyumlardan tozalash uchun changyutgichdan
foydalanmang.
• Changyutgichni yopiq bino ichida saqlang.
• Changyutgich yosh bolalar yoki jismoniy qobiliyati cheklangan shaxslarning nazoratsiz foydalanishi uchun mo’ljallanmagan.
• Faqat LG Elektroniks tomonidan ishlab chiqarilgan yoki kompaniya xizmat ko’rsatish vakillari tomonidan tavsiya qilingan ehtiyot
qismlardan foydalaning.
• Ushbu qo’llanmada keltirilgan qurilmani boshqarish qoidalariga rioya qiling. LG tomonidan ruxsat etilgan yoki tavsiya qilingan
moslama va qo’shimcha qurilmalardan foydalaning.
• Zinapoyalarni tozalashda shikastlanish va changyutgich ag’darilib ketishi xavfining oldini olish uchun uni doimo zinapoya
asosida qoldiring.
• Qo’shimcha nasadkalardan “MIN” rejimida foydalaning.
• Changyutgichni olib o’tishda changto’plagich dastasidan ushlamang.
• Changyutgich changto’plagichi bo’shatilganidan so’ng ko’rsatkich qizil rangda bo’lib yonsa, changto’plagichni tozalang.
• Chiqaruvchi va motor himoya filtri to’liq quriganiga ishonch hosil qilgach, changyutgichga joylashtiring.
• Filtrlarni quritish pechida yoki mikroto’lqinli pechda quritmang.
• Filtrlarni kiyim quritish qurilmasida quritmang.
• Ochiq olov manbasi yaqinida quritishni amalga oshirmang.


...


Comentarios



Tu reseña
Tu nombre:
Introduzca dos números de la imagen:
capcha





Categoría